Farg‘onada YPX mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida chorrahaga yo‘l bermasdan kirib kelgan Onix transport vositasi YPXga tegishli Tracker bilan to‘qnashuv sodir etdi. Har ikki haydovchi tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

Farg‘ona viloyati IIB YHXB Qo‘qon shahrida yo‘l-patrul xizmatiga tegishli mashina ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, internet ijtimoiy tarmoqlarida YPXga tegishli avtomobil yo‘l-transport hodisasiga uchragani haqida tarqalgan videoxabar Farg‘ona viloyati IIB tomonidan o‘rganib chiqilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, 30 dekabr kuni Qo‘qon shahar Istiqlol mahallasidan o‘tgan Qo‘qon — Yaypan — Isfara avtomobil yo‘lining 1-kilometrida fuqaro X.R. o‘z boshqaruvidagi Onix rusumli avtomobilda chorrahaga yo‘l bermasdan kirib kelgan va natijada viloyat IIB YHXB xodimi Sh.M. boshqaruvidagi Tracker rusumli avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada, Onix rusumli avtomobil yo‘lovchisi hamda Tracker avtomobili haydovchisi Sh.M. «yumshoq to‘qimalarini lat yeyishi» tashxisi bilan shahar shifoxonaga murojaat qilgan.
Holat yuzasidan viloyat IIB tomonidan o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida Qashqadaryo viloyati YHXB komandiri o‘rinbosari YTH sodir etgani, mayda esa Toshkentda BYD haydovchisi YPX inspektorini urib yuborgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Andijonda 7 yoshli bola chuqurligi 40 metr bo‘lgan quduqqa tushib ketdi
Jamiyat | 15:52
-
Estoniya Rossiyani mamlakat havo hududini buzganlikda aybladi
Jahon | 15:19
-
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
Jamiyat | 14:39
-
AI markaziga aylanmoqchi bo‘lgan BAA, Putindan xafa bo‘lmagan Tramp va G‘azo bo‘yicha reja – kun dayjesti
Jahon | 14:29
Mavzuga oid

14:39
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

14:18 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Kun.uz tanqid qilgan masala bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlashni buyurdi

19:10 / 13.05.2025
Qozog‘istonda onasidan ajralgan voyaga yetmagan qiz O‘zbekistonga qaytarildi

10:06 / 13.05.2025