Sirdaryo viloyatida yöl-transport hodisasi sodir etgan haydovçidan pul olgan YPX xodimi ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, Sirdaryoda YTH sodir bölgan joyga yetib borgan YHXX katta inspektori hodisani rasmiylaştirgan va yölovçilardan birining tan jarohati oğirlik darajasini aniqlaş uçun tibbiyot ekspertizasi tayinlagan.
“Bu kun” informatsion dasturida berilgan lavhada aytilişiça, YTH sodir etgan maşina şu kuniyoq jarima maydonçasiga joylaştirilgan. Oradan 4-5 kun ötgaç YPX xodimi haydovçini öz xizmat xonasiga çaqirgan.
Söng unga tergovga qadar tekşiruv materiallarini haydovçining foydasiga hal qilgan holda sudga çiqariş, sud tibbiy ekspertizasini yengillaştiriş hamda maşinani jarima maydonçasidan çiqarib berişni va’da qilgan.
Buning evaziga xodim haydovçidan 400 AQŞ dollari miqdorida pul talab qilgan. Haydovçi xodimning taklifiga rozi bölmagan va huquqni muhofaza qiluvçi organlariga murojaat qilgan.
Uning arizasiga asosan ötkazilgan tezkor tadbir davomida YHXX katta inspektori öz xizmat xonasida 200 AQŞ dollarini olayotgan vaqtida uşlangan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan sud işi jinoyat işlari böyiça Guliston şahar sudida körib çiqilgan.
Sud ayblanuvçini Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topgan.
U 3 yil muddatga IIOda har qanday lavozimda işlaş huquqidan mahrum qilingan va 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini olgan.












