Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki va xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi o‘rtasida Bitim imzolandi
2018 yilning 9 iyulida“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruvi raisi Sardor Normuxamedov boshchiligidagi delegatsiyaning Jidda shahriga (Saudiya Arabistoni) qilgan tashrifi doirasida «Trastbank» XAB va xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK) o‘rtasida moliyalashtirish liniyasini ajratish to‘g‘risidagi Bitimi imzolandi.
Ushbu Bitimni imzolash 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining2017 yil 20 dekabrdagi “Xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3439-sonli qarorida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda xalqaro moliya institutlari bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim voqea bo‘ldi.
Bitimning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida zamonaviy texnologik uskunalar va boshqa asosiy vositalarni sotib olish yo‘li bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdan iborat.
Kelishuv shartlariga muvofiq, taqdim etiladigan loyihalar Shariat qonuniga muvofiq bo‘lishi kerak.
Shubhasizki, mazkur kredit liniyasi bank tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirishga, tadbirkorlik va kichik biznesni jadal rivojlantirishga, qolaversa yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga mustahkam zamin yaratadi.
Mavzuga oid
11:00 / 27.05.2026
Trastbank bosh sovrini “Lixiang Li 7” avtomobili bo‘lgan aksiya sovrindorlarini aniqladi
12:00 / 08.04.2026
Islomiy moliya: "Trastbank" XAB – ilk qadam qo‘yganlardan
10:00 / 31.07.2024
Trastbankdan aksiya: qancha ko‘p ish o‘rni yaratsangiz, shuncha ko‘p imtiyozga ega bo‘lasiz!
19:00 / 26.06.2024