Jahon | 11:00 / 10.07.2018
5349
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya avgust oyidagi mashg‘ulotlarni o‘tkazmaslikka qaror qildi

Foto: Yonhap

Koreya respublikasi hukumati Ulchi deb nomlanuvchi hukumat mashg‘ulotlarini bekor qildi. U har yili avgust oyida inqirozli vaziyatlarda harakatlanish ko‘nikmalarini hosil qilish  va urush ro‘y bergudek bo‘lsa, shaylik darajasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilib kelinar edi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Kim Pu Kyom ma'lum qildi.

"Hukumat Koreya yarim orolida xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat o‘zgarayotgani va AQSh hamda J.Koreyaning qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari bekor qilinishi munosabati bilan Ulchi mashg‘ulotlarini o‘tkazmaslikka qaror qildi", - deya vazir so‘zlarini keltiradi Yonhap agentligi.

Ulchi o‘quv mashg‘ulotlari 1969 yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Unda turli hukumat idoralarining yarim millionga yaqin xodimi qatnashadi. Mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsadlardan biri terrorizmga qarshi kurash hisoblanadi. 2008 yildan bu mashg‘ulotlar AQSh bilan birgalikda o‘tkaziladigan Ulchi Freedom Guardian dasturi bilan muvofiqlashtirilgan edi. 

Mavzuga oid