Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyat byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda
Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Andijon viloyati boshqarmasi vakillari Andijon shahrida aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Soha vakillari muloqot davomida pensiya ta'minoti bilan bog‘liq ko‘plab savollarga batafsil javob berdilar.


Shaharning turli hududlaridan yashovchi aholi vakillari, mahalla fuqarolar yig‘ini ma'sul xodimlari tomonidan berilgan – “Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxslarning mehnat faoliyati davri ham ish stajiga kiradimi?”, “Yoshga doir pensiyaga chiqqandan so‘ng ishlagan davri pensiya miqdorini qayta hisoblashda inobatga olinadimi?”, “Yetarlicha ish stajiga ega bo‘lsada, pensiya miqdori kam belgilanishiga sabab nima?” kabi pensiya va nafaqa oluvchilarning ko‘plab savollariga boshqarma boshlig‘i Sardorbek Rahmonov javob berdi. Yig‘ilganlarga pensiya ta'minotiga oid videolavhalar namoyish etildi.



Uchrashuvda muammolar va fuqarolarni o‘ylantirayotgan masalalar muhokama qilindi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar, qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining ma'sul xodimlariga topshiriqlar berildi.


Mana shunday ochiq muloqotlar belgilangan reja asosida viloyatning barcha tumanlarida o‘tkazilmoqda.
Elmurod Ermatov, Andijon
KUN.UZ muxbiri
Mavzuga oid
19:01 / 10.05.2026
Andijonda “Lasetti” zovurga tushib ketdi
21:51 / 08.05.2026
Andijonda mikroavtobusda 58 nafar bolani tashiyotgan haydovchi aniqlandi
09:26 / 01.05.2026
Andijonda yer savdosida gumonlangan hokim yordamchisi va mahalla raisi qo‘lga olindi
17:00 / 28.04.2026