Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyalik hamshira o‘zidan javobgarlikni soqit qilish uchun og‘ir ahvoldagi bemorlarni o‘ldirgan
Yaponiyada sobiq hamshira, uning hisob-kitobiga ko‘ra, navbatchiligida vafot etishi kerak bo‘lgan bemorlarni o‘ldirganini tan oldi. Bu haqda Asahi Shimbun nashri ma'lum qildi.
31 yoshli hamshira Ayumi Kubokining aytishicha, u 2016 yilda 2 oy davomida og‘ir ahvoldagi bemorlar palatasiga kirib, ularga o‘limga olib keluvchi antiseptik inʼeksiyalarni kiritgan.
Hamshiraning aytishicha, u bu “qora ishini” bemorlar yaqinlariga ularning o‘limi sabablarini tushuntirish “muammo tug‘dirgani” sababli amalga oshirgan. Kuboki bemorlar uning navbatchiligi boshlangungacha vafot etishlari uchun shu qilg‘ilikni o‘ylab topgan.
Politsiya Kubokini 7 iyulda 2016 yil sentabrda vafot etgan 88 yoshli Sozo Nishikava o‘limi ishi bo‘yicha qo‘lga olgan. Tergovchilarning aniqlashicha, keksa erkakning o‘limi kuni hamshira shifoxonaga navbatchiligi boshlanishidan ikki soat ertaroq kelib, unga inʼeksiya kiritgan. Shu sababli bemor hamshiraning navbatchiligi boshlangungacha vafot etib bo‘lgan.
Ayni vaqtda politsiya Kubokining boshqa bemorlar o‘limiga aloqadorligini tekshirmoqda. Tergovchilarning fikricha, bemorlarning hammasi ham hamshira aytgandek og‘ir ahvolda bo‘lmagan.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026