Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonada suv o‘rnida spirt va alkogol mahsulotlarini olib o‘tmoqchi bo‘lgan ayollar ushlandi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara-bojxona posti xodimlari qo‘shni davlatdan piyoda ravishda kirib kelgan opa-singil Xojitoyevalarning noqonuniy xatti-harakatlariga chek qo‘yishdi. Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu ayollar bojxona xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan og‘zaki savol-javob davomida o‘zlari bilan salqin ichimliklar olib o‘tishayotganini ma'lum qilishadi. Aslida, bu ko‘rsatmalar yolg‘on bo‘lib chiqdi.
Chunki ularga tegishli yuklar xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, yuklar orasida 31 mln so‘mdan ortiq qiymatdagi 2008 dona pivo ichimligi borligi aniqlandi. 7 turdagi mazkur ichimliklarning umumiy og‘irligi 1040 litrni tashkil qildi.
Ayni shu post orqali piyoda ravishda kirib kelgan yana bir fuqaro F.Abdullaxodjayeva esa og‘zaki so‘rovda o‘zi bilan go‘yoki qadoqlangan ichimlik suvini olib o‘tayotganini ma'lum qiladi. Ammo 20 dona yelim idishlardagi 100 litr “suv” aslida etil spirti bo‘lib chiqdi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
17:51 / 07.07.2026
“Misqollab yaratilgan Toshkent brendini yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin” – issiqxonachi muqobil yechimlar haqida
12:04 / 06.07.2026
Katta Chimyon tog‘ida oyog‘i lat yegan fuqaro qutqarib qolindi
19:49 / 02.07.2026
Toshkent viloyatida issiqxonalarni demontaj qilish boshlandi
10:00 / 01.07.2026