26 iyunda maşhur Starbucks qahvaxonalari tarmoğini ikki marta ijroçi direktor mavqeida boşqargan va direktorlar kengaşi raisi lavozimini egallagan Govard Şults kompaniyani tark etdi. Mazkur maqolada Şultsning “Starbucks finjonma-finjon qanday barpo etildi?” kitobidan parçalar va Starbucks hamda uning afsonaviy rahbari töğrisidagi maqolalar e'tiboringizga havola etiladi.

Foto: HBR

1961 yilning sovuq yanvar tongida işxonada otamning oyoği sinib qoldi. Men öşa vaqtda yetti yoşda edim va onam yettinçi qavatda joylaşgan uyimizning oynasidan menga qölini silkitgan mahal maktabning orqa hovlisida qorböron ayni avjiga çiqqan edi. Uyga qarab yugurdim. – Otang bilan baxtsizlik sodir böldi, - dedi u.  – Kasalxonaga ketyapman.

Otam Fred Şults tepaga qaratib osib qöyilgan oyoği bilan bir oydan ortiq uyda yotdi. Men oldin heç ham gipsni körmagandim, şuning uçun u menga ğaroyib allanarsadek körindi. Biroq yangilikning ajoyibligi tezda yöqoldi. Otamga ham uning döstlari kabi ijtimoiy holati böyiça işga bormagan vaqtda maoş berilmasdi. Baxtsiz hodisagaça u plyonka yiğuvçi va taşuvçi yuk maşina haydovçisi bölib işlardi. Uzoq oylar davomida otam ularning badböy hidi va iflosligi ustidan nolib, bu dunyodagi eng yomon iş ekanini ta'kidlardi. Biroq işini yöqotgaç, menimça yana öz joyiga qaytişni istardi.

Onam yetti oylik homilador edi, şuning uçun ham işlay olmasdi. Oilaning daromadi ham, suğurtasi ham, kasaba uyuşma qoplamasi ham yöq edi. Men va opam stol atrofida tuşlik yerdik, ota-onam esa kimdan qança pul olişga töğri kelişi haqida bahslaşardi. Ba'zida telefon jiringlardi va onam trubkani men olişimni aytardi. Agar qarz töğrisida qönğiroq qilişayotgan bölişsa, “Ota-onam uyda yöq”, deya javob berişim kerak edi.

Ukam Maykl mart oyida tuğildi, kasalxona xarajatlarini tölaş uçun ular yana qarz olişga majbur bölişdi. Bu voqeaga köp bölgan bölsa-da, bir oyoği gipsda, divanda ilojsiz ötirgan, işlay olmaydigan otamning qiyofasi xotiramdan umuman öçmagan. Hozir ötmişga boqib, öz otamga çuqur hurmatni his etaman. U örta maktabni tugatmagan, biroq haqgöy inson bölgan va işdan qörqmagan. Ba'zida keçki payt stol ustiga qöyişga biror narsa keltiriş uçungina ikki yoki uç joyda işlagan. Öz farzandlariga yaxşi ğamxörlik qilardi, dam oliş kunlari esa hatto ular bilan beysbol öynardi. U Yankeesni yoqtirardi.

Biroq hayot tomonidan sindirilgan odam edi. “Kök yoqalar” uçun möljallangan bir işni boşqasiga almaştirardi: yuk taşuvçi maşina haydovçisi, fabrika işçisi, taksiçi, biroq bir yilda 20 ming dollardan ortiq pul işlab topolmadi va şaxsiy uy sotib ololmadi. Bolaligim Bruklinning Kanarsi şahridagi davlat tomonidan subsidiya qilinadigan uylar – Projectsda ötdi. Ösmirga aylangaç, bu qanday uyat ekanini angladim. Ulğaygaç, ota bilan qarama-qarşiliklarga duç keldim. Men uning muvaffaqiyatsizliklari, mas'uliyati yetişmasligiga nisbatan sabrsiz edim. Agar harakat qilganida köproq narsaga erişardi deb öylardim.