Starbucks qahvaxonalar tarmoği AQŞda 900 nafar xodimini işdan böşatişi va oy oxirigaça Şimoliy Amerikadagi 400 ga yaqin dökonini yopişini e’lon qildi. Kompaniya Yevropada ham ayrim qahvaxonalarini yopmoqçi. Qisqartirişlardan maqsad – xarajatlarni kamaytiriş.

Bundan taşqari, rahbariyat bu özgarişlar orqali savdo nuqtalarida mijozlarning kutib qoliş vaqti kamayişi va daromadli joylarda savdo hajmi oşişini aytmoqda.

Starbucks şu yil fevral oyida ham sotuvlari pasayib borayotgani uçun AQŞda 1100 ta iş örnini qisqartirayotgani, menyuni esa maqbullaştirayotganini e’lon qilgandi. Şu tariqa, kompaniya bir yil içida öz mamlakatida 2 mingta iş örnidan voz keçişga majbur bölmoqda.

Kompaniya boş direktori Brayan Nikkolning sözlariga köra, navbatdagi qisqartiriş doirasida Britaniya, Şveytsariya va Avstriyadagi ayrim qahvaxonalar ham yopiladi. Şu bilan birga, joriy moliya yilida Britaniyada 80 ta, Yevropa, Yaqin Şarq va Afrika böylab esa jami 150 ta yangi dökon oçiş rejasidan voz keçilmagan.

Starbucks iyul oyida e’lon qilgan çoraklik hisobotidan kelib çiqilsa, brendning AQŞda joylaşgan va oçilganiga bir yildan oşgan qahvaxonalarida sotuvlar hajmi ketma-ket oltinçi çorakda ham pasaygan. Aynan içki bozor, ya’ni Qöşma Ştatlar eng maşhur kofeşoplar tarmoği uçun eng asosiy bozor hisoblanadi.

Moliyaviy natijalarning salbiyligi fonida, yil boşidan beri Starbucks aksiyalari 8 foizga arzonlaşdi.

TD Cowen tahlilçilarining qayd etişiça, AQŞda ommalaşib borayotgan format – avtomobildan tuşmagan holda qahva xarid qiliş imkonini beruvçi kofeşoplar Starbucks'ga jiddiy raqobatçiga aylangan.

Starbucks qahvaxonalarining mijozlar köz öngidagi imiji raqobatçilarning imijiga nisbatan yomonlaşib borayotgani ham sotuvlar tuşişiga sabablardan biri, deydi tahlilçilar.

Ötkazilgan sörovlarda mijozlarning 70 foizdan ortiği narxlar balandligi uçun Starbucks qahvaxonalariga borişni kamaytirayotganini aytgan.