Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reuters: shifokorlar Tailanddagi g‘ordan qutqarilgan bolalarda kasallik aniqlanmaganini aytishdi
Foto: TASS
Shifokorlar Tailanddagi g‘orda ikki haftadan ortiq qolib ketib qutqarilgan bolalarda kasalliklar aniqlanmaganini bildirishdi. Reuters agentligining xabar berishicha, ularda bezgak alomatlari topilmagan, ko‘krak qafasi rentgeni natijalari bir kun avvalgisiga nisbatan yaxshi chiqqan.
Tailand sog‘liqni saqlash vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan barcha qutqarilganlar kamida yetti kun kasalxonada bo‘ladi. Shifokor ikkinchi guruhda ham "jiddiy infeksiya alomatlari topilmaganini" aytdi. Uning aytishicha, evakuatsiya qilingan so‘nggi besh kishi, to‘rt o‘quvchi va murabbiyning ham ahvoli yaxshi. Ammo ularning kasalxonadan qachon chiqishlari muddati hozircha aniq emas.
"Bolalar g‘or ichida bir-birlariga judayam g‘amxo‘rlik qilishgan ko‘rinadi, - dedi shifokor. – Ularning ahvoli yaxshi, zo‘riqish alomatlari yo‘q, faqat bolalarning aksariyati o‘rtacha ikki kilodan ozishgan".
Sog‘liqni saqlash vazirligi bolalar topilgan 2 iyuldan buyon ular bilan birga bo‘lgan vrach va uch g‘avvos mutaxassislar nazoratida bo‘lishini ma'lum qildi.
Avvalroq 8 iyul kuni qutqarilgan birinchi guruhdagi bolalarning ota- onalariga ularni quchoqlash man etilganligi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
11:03 / 19.03.2026
Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
11:44 / 12.03.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi hududida uchta fuqarolik kemasiga hujum qilindi
16:18 / 21.02.2026
Xitoy dronlarni Rossiyaga Tailand orqali yetkazib berishni boshladi
16:06 / 09.02.2026