O‘zbekiston | 21:01 / 12.07.2018
9719
3 daqiqa o‘qiladi

Milliy kutubxona 14,6 mln dollarga teng loyihani amalga oshirmoqda

Ayni kunlarda Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori L.Tangriyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Janubiy Koreyada elektron kutubxona sohasidagi yutuqlar bilan yaqindan tanishib, o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.

Delegatsiya a'zolari 12 iyul kuni Seulda joylashgan, 6,5 million (shundan 844 mingtasi xorijiy nashr) bosma va elektron kitob fondiga ega Koreya milliy kutubxonasi hamda Yonsey universitetining Markaziy kutubxonasi faoliyati, u yerda kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.

Foto: Matbuot va axborot agentligi

Shu kuni L.Tangriyev va Janubiy Koreya milliy kutubxonasining Elektron kutubxonasi direktori Hyung Ho Lee o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Matbuot va axborot agentligi

Muloqot chog‘ida L.Tangriyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va bugungi kunda amaliyotga samarali tatbiq etilayotgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida respublikani har tomonlama rivojlantirish maqsadida turli yo‘nalishlarda keng qamrovli islohotlar olib borilayotganini ta'kidladi. O‘z navbatida, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitob va kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, kutubxonalar faoliyatini yanada takomillashtirish, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, kutubxonalarning nafaqat kitob fondini, balki ularning moddiy-texnik bazasini ham zamonaviy texnik-uskunalar bilan boyitishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Foto: Matbuot va axborot agentligi

Uchrashuvda Koreya Respublikasining Eksimbank muassasisi tomonidan 14,6 mln. AQSh dollariga moliyalashtirilayotgan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida amalga oshirilayotgan “Milliy umuta'lim kutubxona” loyihasi mazkur davlatning elektron kutubxona tajribasi asosida yaratilayotgani, bu borada koreyalik mutaxassislarning ko‘magini alohida ta'kidlab, “Koreyaga nigoh” loyihasini yanada kengaytirish, o‘zaro tajriba almashishni davom ettirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanini bildirildi.

Foto: Matbuot va axborot agentligi

Mavzuga oid