Ta'limda qulaylik yaratiş, kitoblardan foydalaniş imkoniyatini oşiriş maqsadida respublikaning barça umumta'lim maktablarida elektron kutubxona tizimi joriy etiladi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligining AKTni rivojlantiriş markazi matbuot xizmati axborot berdi.
Ma'lum qilinişiça, mamlakat rahbari ilgari surgan 5 taşabbus doirasida ta'limda qulayliklar yaratiş maqsadida Xalq ta'limi sohasida AKTni rivojlantiriş markazi tomonidan elektron kutubxona dasturi joriy etildi.
«Hozirda bu dastur Toşkent viloyati Böka tumanidagi barça kutubxonalarga örnatilgan. Agar loyiha özini oqlasa, respublikaning barça hududlaridagi umumta'lim muassasalariga joriy etiladi», — deyiladi rasmiy bayonotda.
Mazkur dastur ikki qismdan iborat:
Dastlab maktabda mavjud kitoblarning onlayn bazasi şakllantirilib, öquvçi va öqituvçilar neçta kitob olgani, uni qaytariş muddati kabi ma'lumotlar, ya'ni kutubxonadagi barça qöl bilan yuritiladigan hujjat işlari elektron şaklga ötkaziladi.
Dasturning ikkinçi qismiga köra, maktabda mavjud darslik va qöllanmalarning elektron varianti umumiy bazaga jamlanadi. Kutubxona bannerlarida adabiyotlar va darsliklarning nomi va uni onlayn bazadan topiş imkonini beruvçi QR kod joylaştiriladi. Foydalanuvçi telefonida kodni skaner qilib, taqdim etilgan havola orqali bazadan öziga kerakli adabiyotning elektron nusxasini bir zumda topişi va yuklab olişi mumkin böladi.
Şu bilan bir qatorda, aynan uşbu dasturdan foydalaniş uçun maktablarda bepul wi-fi tizimi ham işga tuşirilişi nazarda tutilgan.











