Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘qishga kiritish uchun 7 ming dollar pora so‘ragan deputat qo‘lga olindi
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimlari xalq deputatlari Dang‘ara tumani kengashi deputati Muhayyo Qodirovani tovlamachilik bo‘yicha hibsga oldi.
«Xalq deputatlari Dang‘ara tumani kengashi deputati, Qo‘qon davlat pedagogika instituti metodisti lavozimida ishlovchi Muhayyo Qodirova tanishi Mashhura Abdurahimova bilan pul evaziga abituriyentlarni o‘qishga kiritish haqida jinoiy til biriktirgan», – deyiladi «O‘zbekiston-24» dasturida namoyish etilgan lavhada.
Xabar berilishicha, ayollar Beshariq tumanida yashovchi fuqarodan uning jiyanlarini Qo‘qon davlat pedagogika institutiga kiritib qo‘yishni va'da qilib undan 7 ming dollar talab qilishgan.
Shuningdek, ular yana bir fuqarodan Qo‘qon tibbiyot institutiga o‘qishga kirishda yordam berishni va'da qilib, 800 dollar pul so‘rashgan.
Natijada har ikki ayol 7800 dollar pulni olishayotganida qo‘lga tushishdi. Xabar berilishicha, ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, tergov ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:56 / 04.07.2026
Dorixona ochishga litsenziya berish uchun pul talab qilgan mansabdorga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
08:19 / 02.07.2026
Jizzax va Samarqandda advokatlar ushlandi
09:00 / 01.07.2026
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
17:35 / 30.06.2026