“Grand Farm Trayd” andijonlik 232 nafar kollej bitiruvchisiga o‘quv kursi va 1 milliondan ortiq maosh bilan ish taklif qildi
Darhaqiqat, Andijon tibbiyot kollejida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish davomida o‘zgacha va samarali loyihaning guvohi bo‘ldik.
Andijon viloyatida faoliyat yuritayotgan beshta tibbiyot kollejlarini joriy o‘quv yilida 593 nafar talaba, farmatsevtika yo‘nalishi bo‘yicha bitiradi.
Yirik dorixonalar tarmog‘i hamda ulgurji va chakana savdo uchun dori vositalari distribyuter kompaniyasi bo‘lgan “Grand Farm Trayd” jamiyati o‘z yo‘nalishida diplom egasi bo‘layotgan va ish joyi aniq bo‘lmagan hududdagi barcha bitiruvchilarni ishga qabul qilishini bildirdi.
“Grand Farm Trayd” 232 nafar bitiruvchilar uchun 1 oylik o‘quv kurslari tashkil qiladi. Unda bitiruvchilar, yuqori darajada farmatsevtik xizmat sirlari, muomala madaniyati, kompyuter savodxonligi va PILL POS dasturini o‘rganadilar. Ta'kidlab o‘tish joiz, kompaniya kurs davomida o‘quvchilarni 500 ming so‘m stipendiya, bepul tushlik va yo‘lkira xarajati bilan ta'minlaydi.
“Mening so‘zlarimni mubolag‘aga yo‘yishlari ham mumkin. Ko‘pchilik insonlar tadbirkorlikning asl maqsadi katta mablag‘ topishdan iborat, deb o‘ylashadi. To‘g‘ri, tadbirkor mablag‘ topadi va shu bilan birgalikda insonlar turmush farovonligini yaxshilashga ham xizmat qiladi.
Yurt rahbarining yoshlarga berayotgan e'tiboridan ruhlanib, viloyat hokimligi va viloyat kasb-hunar ta'limi boshqarmasi bilan birgalikda yangi loyihaga qo‘l urdik. O‘zbekistondagi mavjud 5500 ta dorixonalarning deyarli 70 foizi bilan hamkorlik qiluvchi kompaniyamiz o‘z tarmog‘idagi dorixonalar tizimi uchun xodimlar olishni o‘zgacha tarzda amalga oshirmoqchi. Respublikaning yetakchi mutaxassislarini jalb etgan holda 232 nafar bitiruvchini kurslarda tayyorlab, 800 ming so‘mdan 1 mln so‘mgacha bo‘lgan maosh bilan ta'minlanadigan ish joyiga taklif etamiz”,- deydi “Gran Farm” jamiyati Farg‘ona vodiysi bo‘yicha direktori Qahramon Otaxonov.
Tadbir davomida bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Elmurod Ermatov, Andijon
KUN.UZ muxbiri
Mavzuga oid
16:17 / 02.11.2024
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
11:52 / 02.11.2024
Andijondagi xonadonlardan birida 4 kishi gazdan zaharlanib vafot etdi - manba
11:38 / 25.10.2024
Viloyatlar orasida eng zich aholi Andijonda yashashi ma’lum qilindi
15:50 / 21.10.2024