Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Grenlandiyada aysberg sabab butun qishloq evakuatsiya qilindi
Grenlandiya sohillariga yaqinlashgan ulkan aysbreg oroldagi kichik qishloq aholisi o‘rtasida sarosima yuzaga keltirdi. Bu haqda The Independent nashri ma'lum qildi.
Mahalliy idoralar favqulodda tartib e'lon qilib, orol shimolidagi Innaarsuit qishlog‘i aholisiga uylarini tark etishni buyurgan.
Qishloq aholisi aysberg erishni boshlab, undan to‘lqin keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan muz bo‘laklari ajralib chiqishni boshlashidan xavfsirashmoqda.
“Bu yerda 180 kishi yashaydi, biz juda xavotirdamiz”, deb aytgan qishloq raisi Karl Petersen.
Ta'kidlanishicha, voqea ortidan Grenlandiya favqulodda xizmatlari sinchkov kuzatuv olib bormoqda.
Mavzuga oid
09:35 / 19.05.2026
Tramp Grenlandiyani egallash rejasidan voz kechmagan
08:56 / 18.05.2026
Politico: Tramp Grenlandiya bilan alohida kelishuv tayyorlamoqda
09:30 / 10.04.2026
Tramp NATOdan noroziligini bildirib, Grenlandiyani esladi
22:10 / 31.03.2026