O‘zbekiston | 18:53 / 13.07.2018
40720
3 daqiqa o‘qiladi

Koreyada ishlash uchun yangicha test tizimi yo‘lga qo‘yildi

Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi bilan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi o‘rtasida tuzilgan «Bandlikka ruxsat berish tizimi bo‘yicha ishchi kuchini Koreya Respublikasiga yuborish to‘g‘risida»gi Memorandumga o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, mehnat faoliyatini amalga oshirishda bo‘lib o‘tadigan test sinovlari faqatgina fuqarolarning koreys tilini bilish darajasini tekshirish bilan kifoyalanmasdan, qo‘shimcha talablarni ham qo‘yadi. Jumladan, ularning malakasi, jismoniy holati va tajribasini aniqlashni qamrab olgan malaka testlaridan iborat bo‘ladi. Unda nomzodning kasb mahorati, jismoniy holati, rang bo‘yicha (ko‘rlik) darajalariga alohida e'tibor beriladi. Umurtqa orasi diski churrasi bo‘lgan, barmog‘i amputatsiya qilingan arizachilar balli tizimga asoslangan testda ishtirok eta olmaydi.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Balli tizimda baholash nomzodlar kvota bo‘yicha ajratilgan miqdorda eng yuqori balldan pastga qarab olish tartibida tanlab olinadi. Testning birinchi bosqichidan o‘tganlar ikkinchi bosqich -  malaka va muvofiqlikni tekshiradigan testni topshirishadi. So‘ng ikkala test natijalari birgalikda chiqariladi. Test jarayoni 2 qismdan, har birining davomiyligi 25 daqiqadan bo‘lgan o‘qish (20ta savol) va eshitish (20ta savol) qismlaridan iborat. Eshitish qismi o‘qishdan keyin darhol boshlanadi. Test sinovlari kompyuterda bo‘lib o‘tadi.

Bu yil birinchi marotaba ko‘p bosqichli o‘tkazilayotgan test sinovida qatnashish uchun Kompleks test Markazi (KTM)da dastlabki baholash testida ishtirok etgan va agentlikka taqdim etilgan ro‘yxatga asosan 2018 yilning 9-15 may kunlari onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va bank to‘lovi (24 AQSh dollari)ni amalga oshirgan 15526 nafar fuqaro ma'lumoti Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati (KIRRX)ga taqdim etildi va 2018 yil 20 iyul-28 avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan 2-bosqich 2-jarayon test sinovlarida ishtirok etuvchi 13484 nafar fuqaro ro‘yxati tuzilib, agentlikka taqdim etildi. Nomzodlar Agentlikning migration.uz veb-sayti orqali taqdim etilgan e'londa ko‘rsatilgan tartibda testga kirish ruxsatnomasini chiqarib olishi va belgilangan vaqtda testga qatnashishlari so‘raladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid