Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda ta'til davrida bolajonlarga kunduzgi oromgohlar va sog‘lomlashtirish maydonchalari xizmat qilmoqda
Bolajonlarning ko‘nglidagidek hordiq chiqarib, kelgusi o‘quv yiliga kuch to‘plashi uchun eng maroqli bo‘lgan ta'til davri davom etmoqda.
Andijon viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi 43 ta maktablarda tashkil qilingan kunduzgi oromgohlarning 3 davrasida 13545 nafar bolalar dam oladi.
Izboskan tumanidagi 20 va 38 umumta'lim maktablarida tashkillashtirilgan kunduzgi oromgohlarda bolajonlarning mazmunli hordiq chiqarishlari uchun barcha qulaylik muhayyo qilinganligiga guvoh bo‘ldik.



Oromgohda o‘quvchilarning bilim va dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar, intellektual bellashuvlar, ilm egalari va shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlar muntazam o‘tkazilmoqda. Ayni chog‘da, bolalar “Mohir qo‘llar”, “Yosh sportchi”, “Yosh kitobxonlar”, “Tarixni o‘rganaman”, “Yosh musavvirlar”, “Raqs” singari to‘garaklarga katta ishtiyoq bilan qatnashishayotir.




Viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan yana 622 ta maktablarda sog‘lomlashtirish maydonchasi tashkil etilgan. Ularda 158 mingdan ziyod bola qamrab olingani e'tirof loyiq.
Elmurod Ermatov, Andijon
KUN.UZ muxbiri
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026