Jahon | 08:04 / 14.07.2018
69389
2 daqiqa o‘qiladi

Hind sudi Toj-Mahalni buzib tashlashni taklif qildi

Foto: AP

Hindiston oliy sudi sudyalari hukumatning beparvo munosabati sababli Toj-Mahalni buzib tashlash bilan tahdid qilishmoqda. Bu haqda The Sydney Morning Herald nashri ma'lum qildi. 

Sudyalarning fikricha, “dunyoning sakkizinchi mo‘'jizasi”ga tuzatib bo‘lmas ziyon yetkazilgan. Toj-Mahal qurilgan oq marmar 350 yildan ko‘proq vaqt ichida mog‘or va ko‘plab yoriqlar bilan qoplangan, hukumat esa nodir yodgorlikni saqlab qolish uchun hech qanday chora ko‘rmayapti.  

“Yoki biz Toj-Mahalni yopamiz yoki yo‘q qilamiz yohud siz uni restavratsiya qilasiz”, deb aytilgan sudyalarning hukumatga yo‘llangan maktubida.

Maqbaraning devorlari sanoat korxonalari faoliyati tufayli oxirgi 30 yil ichida sariq, jigarrang va yashil ranglarga kirgan.

Hukumat ushbu muammoning yechimi bilan Hindiston texnologik universiteti shug‘ullanishini ma'lum qilgan. Universitet 4 oy ichida ushbu muammo bo‘yicha tegishli doklad tayyorlashi lozim. Sud maqbaraning holati haqidagi masalani 31 iyuldan boshlab muntazam ko‘rib chiqmoqchi.

Oliy sud a'zolarining aytishicha, oddiy teleminoraga o‘xshash Parijdagi Eyfel minorasiga har yili kamida 80 mln kishi tashrif buyuradi. Chiroyini Eyfel minorasiga umuman qiyoslab bo‘lmaydigan Toj-Mahal esa hozirgi holatida sayyohlarda ikkilanish tug‘diradi. 

Toj-Mahal aynan xorijiy sayyohlar hisobiga Hindiston g‘aznasiga katta pul keltiradi. Maqbaraga har yili 5 mln kishi tashrif buyuradi, ulardan faqatgina 200 mingi xorijliklarni tashkil qiladi. 

“Agar hukumat Toj-Mahal haqida qayg‘urganda, bizning xorijiy valyuta bilan muammomiz hal bo‘lgan bo‘lardi”, deb aytilgan sudda.

Mavzuga oid