Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon «Tasviriy oyina» ijodiy uyushmasi sport-sog‘lomlashtirish tadbirini tashkil qildi

Andijon “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi bir qator tashkilotlar o‘rtasida “Sport – sog‘lik garovidir” shiori ostida sport-sog‘lomlashtirish tadbirini tashkil qildi.
Do‘stona ruhda tashkil qilingan voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka, tosh ko‘tarish va futbol musobaqalarda - O‘zbekiston UzLiDeP viloyat Kengashi, Savdo-sanoat palatasining hududiy bo‘limi, Fuqarolik jamiyati shakllantirishni mustaqil monitoring qilish instituti hududiy bo‘limi, Andijon tibbiyot instituti qoshidagi tibbiyot akademik litseyi, “Baholash xizmati” mas'uliyati cheklangan jamiyati hamda viloyat “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi vakillari ishtirok etdilar.


“Aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi xodimlar o‘rtasida mana shunday tadbirni uyushtirishdan maqsadimiz, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bilan birgalikda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdir”, deydi viloyat “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi rahbari Elyorbek Niyazov.



Elmurod Ermatov, Andijon
KUN.UZ muxbiri
Mavzuga oid
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
16:27 / 26.06.2026