Bugun, 16 iyul kuni Toşkentda Xalqaro press-klub va UzReport axborot agentligi (UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallari) tomonidan «Jahon çempionati – 2018: millionlar öyini, jonli translyatsiya va futbol zavqi» mavzusida matbuot anjumani taşkil etildi. Tadbirda FIFA referisi Ravşan Ermatov, UzReport axborot agentligi boş direktori Ravşanxon Jörayev, taniqli futbol şarhlovçisi Davron Fayziyev hamda rossiyalik sport şarhlovçilari Denis Kazanskiy hamda Aleksandr Yelagin spiker sifatida iştirok etdi.

Matbuot anjumanida keça yakuniga yetgan Jahon çempionatining Özbekiston hududida efirga uzatilişining yakunlari muhokama qilindi. Xususan, mundial öyinlarini mamlakatimiz hududida translyatsiya qiliş huquqini sotib olgan UzReport axborot agentligi uçun bu ilk Jahon çempionati bölgani ta'kidlab ötildi. Agentlik bundan avvalroq Yevropa milliy çempionatlari va Yevro-2016 final bosqiçini ham sifatli tasvirlarda özbekistonlik tomoşabinlarga taqdim etgandi.

Kun.uz muxbirining ma'lum qilişiça, UzReport may oyi oxirlarida JÇni Özbekiston hududida qonuniy translyatsiya qiliş böyiça FIFA bilan kelişuvga erişgan. Agentlik 6 oy davom etgan xalqaro tenderda ğolib çiqib, bu huquqni qölga kiritgan.

«JÇ translyatsiyasi huquqiga ega böliş – eng avvalo mas'uliyat, degani. Bu mas'uliyatni töğri anglagan holda, bir qator taşkiliy işlarni amalga oşirdik. Eng birinçi taşkiliy masala şarhlovçilar masalasi böldi. Öyinlarni özbek tilida şarhlaş uçun Davron Fayziyev, Hasan Turdaliyev, Diyor Imomxöjayev kabi yaxşi şarhlovçilarga ega edik, biroq biz Özbekiston hududida yaşovçi rusiyzabon aholi qatlamini ham qamrab olişni istadik. Şu maqsadda rossiyalik şarhlovçilar Denis Kazanskiy va Aleksandr Yelaginni taklif etdik. Xabaringiz bor, biz bu jurnalistlar bilan 3 yildan buyon hamkorlik qilib kelmoqdamiz», - dedi UzReport axborot agentligi boş direktori Ravşanxon Jörayev.

Toşkent şahri va viloyati miqyosida agentlik telekanallari orqali mundialning barça 64 öyini yuqori aniqlikda – Full HD formatida namoyiş etildi. Şuningdek, tomoşabinga şarh tilini (özbek yoki rus tilini) tanlaş imkoniyati taqdim qilindi. Bunday texnologik yeçim MDH mamlakatlari böyiça ilk bor Özbekistonda joriy etilgani aytilmoqda.

JÇning 2ta öyinini boşqarib borgan Ravşan Ermatov mundialdagi iştiroki haqida gapirib, jumladan, şunday dedi: «Terma jamoalar jahon çempionatida iştirok etiş uçun qanday murakkab saralaş yölini bosib ötişlariga töğri kelsa, hakamlar ham xuddi şunday qiyinçiliklar bilan mundialga yetib borişadi. Köpçilik öylaydiki, oldingi jahon çempionatida yaxşi qatnaşgan hakam bölsa, keyingisiga ham osongina yöllanma oliş mumkin. Bunday emas. Jahon futbolida hakamlar orasida ulkan raqobat mavjud».