Iqtisodiyot | 18:50 / 16.07.2018
7084
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«O‘zsanoatqurilishbank» Rossiyaning yirik banklari bilan strategik hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi

Foto: O‘zsanoatqurilishbank

«O‘zsanoatqurilishbank» Rossiyaning yirik banklari - «Sberbank» AJ hamda «Gazprombank» AJ bilan korrespondentlik operatsiyalari, savdo va eksportni moliyalashtirish, jahon kredit va kapital bozorlaridagi operatsiyalar, tajriba almashish hamda kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik munosabatlarini kengaytirmoqda.

Qayd etish joiz, «O‘zsanoatqurilishbank» ATB bankning yetakchi va yuqori samarali moliyaviy institutga aylanishi, uning muvaffaqiyatli rivojlanishi va kengayishida HR sohasining roli va ahamiyati katta ekanligiga alohida e'tibor qaratmoqda.

Bank nafaqat Rossiya, balki Yevropada ham eng ilg‘or va yetakchi bank konglomeratlaridan biri hisoblangan «Sberbank» AJ bilan HR sohasida hamkorlik o‘rnatish, shu jumladan, «Sberbank»ning korporativ universitetida turli sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlash va ularni o‘qitish borasida o‘zaro kelishuvga erishdi.

Bundan tashqari, «O‘zsanoatqurilishbank» Rossiya Federatsiyasining yana bir yirik banki «Gazprombank» AJ bilan tajriba almashish va kadrlar tayyorlash, xususan, davlat-xususiy sektor sherikchiligidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tajriba almashish bo‘yicha bitim imzolandi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid