Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandga dronlarni yashirincha olib kirmoqchi bo‘lishdi
“Samarqand aeroport” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Sankt-Peterburg-Samarqand” yo‘nalishida Samarqand shahriga uchib kelgan fuqaro T.L. “yashil” yo‘lakni tanlab bojxona nazoratidan o‘tayotgan vaqtda unga tegishli bo‘lgan bagaj va qo‘l yuklari sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirilganda qonunbuzarlik holati aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu shaxs Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan kvadrokopter SYMA X8SW DRONE nomli ikki dona uchuvchisiz uchish apparatini yashirin ravishda O‘zbekistonga olib kirmoqchi bo‘lgan ekan.
Mazkur uchish apparatlarining texnik tasnifi o‘rganilganda samoda 70 metr balandlikka ko‘tarilib tasvirga olishi, Wi-Fi orqali smartfonlarga tasvirni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish imkoniyati mavjudligi ma'lum bo‘ldi.
Hozirda aniqlangan holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:39 / 04.05.2026
Dunyoda birinchi davlat to‘liq avtonom dronlar galasini sinovdan o‘tkazdi
20:41 / 20.04.2026
Ukrainadagi urush robotlar va dronlar qarama-qarshiligiga aylanib bormoqda – OAV
09:01 / 14.04.2026
Rossiyadagi eng yirik fosforli o‘g‘it zavodi yana dronlar hujumiga uchradi
22:45 / 06.04.2026