O‘zbekiston | 23:07 / 18.07.2018
7772
3 daqiqa o‘qiladi

Harbiy xizmatchilar kitobxonlik tanlovida faol ishtirok etmoqda

Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida “Kitob dunyosi” savdo majmuasining tantanali ochilish marosimida Mudofaa vazirligi mas'ul ofitserlari, Chirchiq shahar hokimi Qahramon Rashidov, “Sharq yulduzi” va “Zvezda Vostoka” jurnallari bosh muharriri, shoir Sirojiddin Rauf, “Oila davrasida” gazetasi bosh muharriri Husniddin Berdiyev va boshqalar so‘zga chiqib, kitob va uning inson ma'naviy hayotidagi ahamiyati xususida to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati KUN.UZ’ga xabar bermoqda. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Shu kuni kitob majmuasi harbiylar va ularning oila a'zolari bilan gavjum bo‘ldi. Qo‘sha-qo‘sha kitoblar xarid qilindi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ta'kidlash joizki, bugungi kunda harbiy xizmatchilarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish borasida ko‘plab amaliy ishlar qilinyapti. Jumladan, kun tartibiga kitob mutolaasi uchun alohida vaqt ajratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 maydagi “Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tanlovlarda harbiy qismlardagi oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibiga mansub shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar hamda muddatli xarbiy xizmatchilar o‘rtasida “Yosh kitobxon” tanlovining hududiy bosqichlari o‘tkazildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan ushbu tanlovning birinchi bosqichida Termiz, Qumqo‘rg‘on, Buxoro, Kogon hamda Muborak tumanlaridan jami 110 nafar harbiy xizmatchi ishtirok etgan bo‘lsa, Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlarida ularning soni 285 nafarni tashkil etdi. 

Harbiy xizmatchilar orasidan ko‘pchiligi yuqori natijalar ko‘rsatib, viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mavzuga oid