O‘zbekiston | 16:40 / 18.07.2018
13360
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqanddan Qarshi yo‘liga chiqishdagi tirbandliklarga chek qo‘yiladi

Samarqand tumanidagi Xo‘ja Ahrori Valiy mahallasi hududidan o‘tuvchi, markaziy yo‘l yoqasida joylashgan tuman tibbiyot birlashmasi oldida paydo bo‘lgan sun'iy bozor atrofidagi avtomashinalar tirbandligi Samarqanddan Qarshi yo‘liga chiqayotgan avtomashinalarning harakatiga katta to‘sqinlik yaratib kelayotgani bilan mashhur edi.

Qator yillardan buyon samarqandliklar va shahar mehmonlarni qiynab kelayotgan ushbu muammo o‘zining yechimini topmasdan kelayotgan edi.

Tuman hokimi, birinchi sektor rahbari Sh.Jamolov nomiga keng jamoatchilik va haydovchilardan kelib tushgan ko‘plab shikoyat va takliflardan so‘ng yo‘lning o‘sha qismini kengaytirishga kelishib olingan edi, deb xabar beradi Kun.uz’ga tuman hokimligi mutasaddilaridan biri R. Rajabov.

Nihoyat, xayrli ishga qo‘l urildi. Mahalliy byudjyetga tushumlarining rejadan ortiq qismi hisobidan Xo‘ja Ahrori Valiy mahallasida yo‘lni kengaytirish ishlari boshlab yuborildi.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid