Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Akademik litseylarga kirish imtihonlarining shaffofligi ta'minlanadi
Akademik litseylarda saralash imtihonlarini o‘tkazish, rasmiylashtirish va natijalarini e'lon qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Dastlabki tanlovdan so‘ng saralash imtihonlari
Xalq ta'limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan dastlabki tanlov har yili 10 iyunga qadar umumiy o‘rta ta'lim maktablaridagi iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida psixologik-pedagogik tashxis qo‘yish usullaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Dastlabki tanlovdan o‘tgan o‘quvchilarni akademik litseylarga o‘qishga qabul qilish uchun saralash imtihonlari tashkil etiladi.
Saralash imtihonlari shakliga ko‘ra ijodiy imtihonlar yoki test sinovlari tarzida tashkil etiladi. Saralash imtihonlarining qay shaklda o‘tishini akademik litseylarning o‘zi mustaqil belgilaydi. Saralash imtihonlari 10-25 iyul sanalari oralig‘ida bo‘lib o‘tadi.
Imtihongacha
Saralash imtihonlarini o‘tkazish muddatlari, fanlar ro‘yxati va imtihon shakli, baholash mezonlari imtihondan 10 kun oldin o‘quvchilarga ular ta'lim olgan umumiy o‘rta ta'lim muassasasi orqali xabar qilinadi.
Akademik litseylarga kirish uchun sinovlar katta sig‘imdagi binolarda o‘tkaziladi. Test jarayonini videokuzatuvlar orqali onlayn rejimida kuzatib borish imkoniyati yaratiladi.
Saralash imtihoni savollari (topshiriqlari) tegishli oliy ta'lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan tuzilgan ekspert guruh tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Saralash imtihonlari savollari (topshiriqlari) akademik litsey direktorida saqlanib, ularning maxfiyligiga direktor javobgar bo‘ladi.
Imtihonda
Akademik litseyning ayrim ta'lim yo‘nalishlari xususiyatlaridan kelib chiqib 3 ta umumta'lim fanidan test sinovlari o‘tkaziladi.
O‘quvchiga bajarish uchun har bir fandan 15 ta test savoli beriladi.
Ixtisoslik xususiyatidan kelib chiqib yo‘nalishlarida 3 ta umumta'lim fanidan ko‘p bo‘lmagan fanlardan ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi.
Ijodiy imtihonlar og‘zaki, yozma ish, insho, bayon, diktant shaklida bo‘lishi mumkin.
Necha ball beriladi?
Saralash imtihonlari 0-100 ball oralig‘ida, yagona ko‘p balli tizim bo‘yicha baholanadi.
Baholash mezonlari har bir fanga ajratilgan umumiy ballar doirasida Ekspert guruh tomonidan belgilanadi.
Saralash imtihonlarining natijalari test sinovlari yoki ijodiy imtihonlar o‘tkazilgan kunning ertasiga tegishliligi bo‘yicha oliy ta'lim muassasasi yoki akademik litseyning rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi hamda akademik litseyning e'lonlar taxtasiga ilib qo‘yiladi.
Mavzuga oid
10:09 / 24.04.2026
Universitetlar AI sabab imtihon tizimini o‘zgartirmoqda
23:33 / 17.04.2026
Maktablarda yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari sanasi belgilandi
18:52 / 15.11.2025
"Umummilliy Konstitutsiya imtihoni" o‘tkaziladi
17:56 / 31.10.2025