O‘zbekiston | 16:33 / 20.07.2018
6463
2 daqiqa o‘qiladi

Amerika kompaniyasi O‘zbekistonga «Buyumlar Interneti» sohasidagi yechimlarni olib keldi 

«Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazida Amerikaning «TEOCO» kompaniyasi vakili janob Aleks Palatnik bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Aleks Palatnik Markaz xodimlarini Mumbay «Smart City»si misolida «TEOCO» tayyor yechimlari bilan tanishtirib o‘tdi. Ta'kidlash joizki, Mumbay shahrida o‘rnatilgan datchiklar, fotosuratlar va videoyozuvlar uchun kameralar bilan birgalikda «TEOCO» yechimlari xalqaro va mahalliy ijtimoiy tarmoqlar bilan integratsiyalashgan holda favqulodda vaziyatlar bo‘yicha ma'lumotlar manbasi sifatida foydalaniladi. Masalan, favqulodda vaziyat yuzaga kelganda Facebook yoki Twitterda’da fuqarolar tomonidan chop etilgan xabarlar ahvolning birlamchi sabablarini aniqlash uchun axborot yig‘ish va kompleks tahlil qilish uchun vaziyatni o‘rganish markazlariga kelib tushadi. Bundan tashqari, tizim belgilangan algoritmlarni va boshlang‘ich qiymatlarini (masalan, shovqin tutun, tebranish darajasi va h.k.) belgilaydi va natijada favqulodda vaziyatlar haqida o‘z vaqtida ogohlantirish va unga javob berishga imkon beradi.

Uchrashuv so‘ngida Markaz xodimlarini qiziqtirgan savollarga janob Palatnik batafsil javob berdi. Kompaniya vakili Markaz bilan kelgusida hamkorlik qilishga qiziqish bildirdi va kelajakda yana muzokaralar o‘tkazishi mumkinligini ma'lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 3 iyulida kompaniya prezidenti Filip Guitini boshchiligida «TEOCO» vakillari Markazga tashrif buyurgandi, uchrashuvda mehmonlar kompaniyaning aqlli shahar, xavfsiz shahar texnologiyalarini, IoT («Buyumlar Interneti») hamda analitik ma'lumotlarni rivojlantirishdagi dasturiy yechimlarini namoyish etishgandi.

Mavzuga oid