Özbekiston Respublikasida sönggi ikki yil içida har bir sohada sezilarli islohotlar amalga oşirildi. Xususan, sport sohasida ham. Buni biz boks sport turi misolida körişimiz mumkin. Yurt bayroğini Olimpiya arenalarida hilpiratib, faxrli örinlarni olib kelgan sportçilarimiz bunga yaqqol misol.
Lekin boşqa sport turlariçi? Ular ommalaşmoqdami? Ularga yetarli e'tibor qaratilmoqdami? Şu va şu kabi özimizni qiziqtirgan savollarga javob oliş uçun Özbekiston huquqni muhofaza qiluvçi organlari qöl jangi federatsiyasi rais örinbosari Baxtiyor Mirzaqulov bilan suhbatlaşdik.

Qöl jangi sport turi – kuraş, karate va boksning qorişmasi desak mubolağa bölmaydi. Qöl jangi sport turi sobiq ittifoq davrida taşkil etilgan sport turi hisoblanadi. Bu sport turidan öşa davrdagi huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari özlarini himoya qiliş uçun foydalanişgan. Ma'lum muddat çeklangan doiradagi şaxslar foydalangan sport turi hisoblanadi. Özbekiston mustaqillikka erişgaç, bu sport turi aholi örtasida ommalaşa bordi. 1994 yilda Özbekiston huquqni muhofaza qiluvçi organlari qöl jangi federatsiyasi taşkil etildi. Şundan beri bu sport turi rivojlanişda davom etdi.
«Sönggi yillarda qöl jangi sport turi ança ommalaşdi. Boks bilan bemalol soğlom raqobat qilyapmiz. 2017 yil Osiyo çempionatida faxrli 1-örin, Vengriyada ötkazilgan oçiq çempionatda 1-örin, bir neça bor Jahon çempionatlarida faxrli 1-örinlarni (individual va jamoaviy yönalişda) qölga kiritib kelmoqdamiz.

Muxlislarimiz soni ham oşib bormoqda. Şaffoflikni ta'minlaş uçun ötkazilayotgan musobaqalarga kamera nazorati va muxlislar xolis kuzatib borişi uçun tablolar örnatmoqdamiz. Hatto musobaqa joyiga siğmagan taşqaridagi muxlislarga katta ekranlar örnatib beryapmiz. Navoiy va Andijonda bölgan musobaqalar sözimning isboti.
Men şogirdlarimga çet eldagi musobaqalar oldidan şunday deyman: “Siz vataningizning yuzisiz. Ringga çiqqaningda ikkita raqibing böladi. Biri haqiqiy raqibing, ikkinçisi sudya. Ikkalasiga ham imkon qoldirma. Raqibni yer tişlat”.

Şogirdlarim vatan madhiyasini ham haqiqiy vatanparvarlardek jonli aytişadi. Hatto bir-ikki raqib jamoalar hazilomuz tarzda: “Tinmay yutaversangiz bu ketişda biz ham yodlab olamiz şekilli”, deyişdi. Nima bölganda ham ortimizda Özbekiston turadi», - deb aytdi federatsiya rais örinbosari Baxtiyor Mirzaqulov.
















