Joriy yilning 5-8 aprel kunlari Toşkent viloyatining Çirçiq şahrida 10-11,12-13 yoşli uğil bolalar va 14-15 yoşdagi qizlar örtasida qöl jangi böyiça Özbekiston çempionati bahslari bölib ötadi. Bu haqda qöl jangi federatsiyasi KUN.UZ‘ga ma'lum qilgan.
Manbaga köra, aynan mana şu turnir natijalariga köra, Özbekiston terma jamoasi tarkibi şakllantirib olinadi. Unda Toşkent şahri hamda barça viloyatlardan 700ga yaqin sportçi iştirok etişi kutilmoqda. Mazkur musobaqa doirasida 18 yoşdan kattalar örtasida 60 hamda 80 kg vazn toifasida profesional janglar ham ötkaziladi.
Eslatib ötamiz, ötgan yili Ruminiyaning Buxarest şahrida bölib ötgan Jahon çempionatida kiçik yoşdagi qöl jangi ustalari 15 ta oltin medalni qölga kiritgan holda umumjamoa böyiça birinçi örinni egallaşgan edi.
Ötgan mavsumni muvaffaqiyatli yakunlagan sportçilar joriy yilda ham, xususan 13-17 may kunlari Rossiyaning Ufa şahrida bölib ötadigan yoşlar örtasidagi Osiyo oçiq çempionatida ham töliq tarkib bilan iştirok etişadi. Özbekiston yoşlar terma jamoasi uşbu musobakaga 10 apreldan 8 mayga qadar Toşkentda tayyergarlik köradi.
Kattalar terma jamoasi esa 24-27 may kunlari Belarus davlatida ötkaziladigan Yevropa Oçiq çempionatida iştirok etişni maqsad qilgan. Özbekiston terma jamoasi mazkur musobaqaga tayyorgarlik yiğinini 10 apreldan Paxtakordagi sport bazasida boşlaydi.
Ma'lumot uçun, Minskdagi turnir joriy yilning oktabr oyida Niderlandiyada bölib ötadigan jahon çempionati uçun tayyorgarlik vazifasini ötab beradi.












