Rossiya poytaxti Moskva şahrida Butunjahon qöl jangi federatsiyasi kongressi ötkazildi, deb yozmoqda ÖzA.

Anjumanda 2018 yilgi sport mavsumi yakunlari sarhisob qilindi va 2019 yilda ötkaziladigan nufuzli musobaqalar taqvimi tasdiqlandi. Şuningdek, kongressda Butunjahon qöl jangi federatsiyasining amaldagi prezidenti, rossiyalik Sergey Astaxov qaytadan taşkilot rahbarligiga saylangan. 

Foto: ÖzA

Qayd etilişiça, Özbekiston qöl jangi federatsiyasi vitse-prezidenti Baxtiyor Mirzaqulov Butunjahon qöl jangi federatsiyasining vitse-prezidenti etib tayinlangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kun.uz qöl jangi federatsiyasi vitse-prezidenti Baxtiyor Mirzaqulov bilan suhbat uyuştirgandi.