Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Microsoft AQSh Kongressiga nomzodlar kiberhujumga uchragani haqida ma'lum qildi
Foto: Anadolu Agency/Getty Images
Microsoft kompaniyasining foydalanuvchilar xavfsizligi bo‘yicha vitse-prezidenti Tom Bert so‘zlariga ko‘ra, 2018 yilda kompaniya xodimlari tomonidan AQSh Kongressiga oraliq saylovlarda kamida uch nafar nomzodning kompyuter qurilmalariga yo‘naltirilgan kiberhujumlar aniqlangan va ularning oldi olingan. Bu haqda Bloomberg xabar qilmoqda.
«Gap o‘z pozitsiyasi tufayli josuslik yoki saylov jarayoniga xalaqit berish nuqtai nazaridan qandaydir qiziqishga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan odamlar haqida ketmoqda», - dedi Bert.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, jinoyatchilar tomonidan fishing amaliyotlarini amalga oshirish maqsadida soxta saytlar qo‘llanilgan, ularga ehtimoliy qurbon olingan havola orqali o‘tishi mumkin bo‘lgan. Bertning so‘zlariga ko‘ra, kiberjinoyatchilar usullari AQSh maxsus prokurori Robert Myuller tomonidan Rossiyaning 12 fuqarosiga qo‘yilgan ayblovlarda so‘z yuritilgan xakerlik hujumlari taktikasi bilan o‘xshashdir.
Mavzuga oid
07:34
“Kondor”dan Venesuelagacha: AQSh–Janubiy Amerika munosabatlari tarixi
23:50 / 11.01.2026
AQSh Eronga qo‘shin jo‘natish ehtimolini ko‘rib chiqmayapti – OAV
18:06 / 10.01.2026
Venesuela va AQSh diplomatik munosabatlarni tiklamoqchi
16:59 / 10.01.2026