O‘zbekiston | 11:45 / 20.07.2018
15172
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston fuqarolari mamlakat hududidan faqat biopasport bilan chiqishlari mumkin

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik bo‘lmagan pasporti muddati uzaytirilganligi to‘g‘risida izoh berdi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini olish va almashtirishda fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 2018 yil 30 iyun 494-sonli qaroriga muvofiq quyidagi tartib o‘rnatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik bo‘lmagan pasporti amal qilish muddati:

- O‘zbekiston hududida 2019 yil 31 dekabrga qadar;
- xorijiy davlat hududida pasport amal qilish muddati nihoyasiga yetganiga qadar uzaytirildi.

Bunda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari O‘zbekiston hududidan faqat biopasport bilan chiqishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik bo‘lmagan pasporti xorijda bo‘lib turgan fuqarolar uchun O‘zbekiston hududiga kirish, shu jumladan uchinchi davlatlar hududi orqali tranziti bilan kelish uchun ham amal qilish muddatiga qadar haqiqiy hisoblanadi.

Mavzuga oid