26 yanvar kuni Toşkentda ötkazilgan uçraşuvda tomonlar Rossiya hududida mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan Özbekiston fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilişga doir dolzarb masalalarni batafsil muhokama qildi, deb xabar berdi Taşqi işlar vazirligi.
Ta’kidlanişiça, Özbekiston tomoni migratsiya tekşiruvlari va reyd tadbirlari ötkazilayotgan jarayonda Özbekiston fuqarolarining (ham qonunga rioya qilayotgan, ham migratsiya qonunini buzgan fuqarolarning) huquqlari va insoniy qadr-qimmatini kamsitişning har qanday şakliga yöl qöyilmasligi prinsipial ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladi.
Muhokamalarda Özbekiston tomonidan Rossiya hududlarida faoliyat yuritayotgan boş konsullari iştirok etdi. Rossiya tomonidan esa diplomatik vakolatxonaning konsullik bölimi rahbariyati, migratsiya masalalari böyiça mas’ul xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvçi organlar vakillari qatnaşdi.
Qayd qilinişiça, uçraşuv tomonlarning migratsiya jarayonlarini tartibga soliş, şuningdek Rossiyada Özbekiston fuqarolarining qonuniy mehnat faoliyati uçun qulay şart-şaroitlar yaratişga qaratilgan «pragmatik va özaro hurmatga asoslangan muloqotni rivojlantirişga intilişini» tasdiqladi.












