Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon banki O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha loyihani ishga tushiradi
Jahon bankining Toshkentdagi vakolatxonasida O‘zbekistonda Digital CASA «Raqamli Markaziy Osiyo - Janubiy Osiyo» loyihasini ishga tushirishga tayyorgarlik bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi. Loyiha mamlakatdagi raqamli infratuzilmani, elektron hukumatni va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga yordam beradi.
Jahon banki guruhi tomonidan amalga oshirilayotgan Digital CASA dasturi Markaziy Osiyoda va Janubiy Osiyodagi ba'zi hududlarda dengizga chiqish imkoniga ega bo‘lmagan mamlakatlar uchun yuqori tezlikdagi internetga kirishni kengaytirishga qaratilgan.
Mintaqaviy darajadagi dastur ushbu mamlakatlarni mintaqalararo va qit'alararo ma'lumotlar uzatish infratuzilmasiga ulashga yo‘naltirilgan, bu transchegaraviy hamkorlikni yaxshilaydi. Milliy miqyosda dasturning maqsadi aholiga ishonchli va arzon internetni taqdim etish, AKT sohasiga xususiy investitsiyalarni jalb qilish, hukumatlarning fuqarolar va biznesga elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha salohiyatini oshirishdan iborat.
O‘zbekistonda 2019 yilda amalga oshirilishi boshlanishi kerak bo‘lgan loyihani ishga tushirish uchun tayyorgarlik olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:46 / 19.06.2026
Jahon banki O‘zbekistonga qishloq infratuzilmasini rivojlantirish uchun 150 mln dollar ajratadi
11:44 / 23.04.2026
Jahon banki Markaziy Osiyo energiya tizimlarini integratsiya qilishga 1 mlrd dollar ajratadi
11:25 / 24.03.2026
Jahon banki Surxondaryoda yo‘l qurishga 200 mln dollar ajratadi
10:09 / 24.02.2026