Jahon banki tahlilçilari fikriça, mazkur uç tarmoq xususiy kapitalni jalb etiş, bandlikni oşiriş va iqtisodiyotni diversifikatsiya qiliş nuqtai nazaridan eng istiqbolli yönalişlar sanaladi. Bu sohalarni rivojlantiriş raqobatbardoş va xususiy sektor yetakçilik qiladigan iqtisodiyotni şakllantirişga xizmat qiladi.

Hisobotda qayd etilişiça, 2017 yildan buyon Özbekistonda amalga oşirilgan bozor islohotlari işbilarmonlik muhitini yaxşilaş va aholi daromadlarini oşirişga ijobiy ta’sir körsatgan. Şu bilan birga, «Özbekiston – 2030» strategiyasida belgilangan maqsadlarga erişiş uçun raqobatni çeklayotgan omillarni bartaraf etiş, malakali kadrlar tayyorlaş, infratuzilmani rivojlantiriş va tartibga soliş tizimini takomillaştiriş zarurligi ta’kidlangan.

Logistika sohasida avtomobil yuk taşuvlari va ombor infratuzilmasini rivojlantiriş ustuvor yönaliş sifatida baholangan. Yer ajratiş va quriliş jarayonlarini soddalaştiriş, xalqaro yuk taşiş ruxsatnomalarini raqamlaştiriş orqali 950 million dollardan 1,05 milliard dollargaça xususiy investitsiyalarni jalb qiliş hamda 108 mingtagaça yangi iş örni yaratiş mumkinligi qayd etilgan.

Turizm sohasida esa madaniy va ekologik turizmni rivojlantiriş uçun katta imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlangan. Yer ijarasi mexanizmlarini takomillaştiriş, malakali kadrlar tayyorlaş va turistik obektlarni samarali boşqariş hisobiga 3,1 milliard dollardan 4,2 milliard dollargaça xususiy investitsiyalarni jalb qiliş mumkin. Bu esa 120–180 ming yangi iş örni yaratiş, turistik oqimlarni diversifikatsiya qiliş va sohaning iqtisodiy samaradorligini oşiriş imkonini beradi.

Hisobotda farmatsevtika ham yuqori ösiş salohiyatiga ega strategik tarmoq sifatida qayd etilgan. Jahon banki uşbu sohada ham xususiy investitsiyalarni keng jalb qiliş va mahalliy işlab çiqarişni rivojlantiriş iqtisodiyotning barqaror ösişiga xizmat qilişini ta’kidlagan.