Jahon | 21:27 / 21.07.2018
5963
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada yuk mashinasi va mikroavtobusning to‘qnashuvi 13 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

Meksikada yo‘lovchi mikroavtobusining yuk mashinasiga urilishi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda 21 iyulda Milenio ma'lum qildi

Yo‘l-transport hodisasi Mexiko-Pachuka trassaning 17-kilometrida sodir bo‘lgan.

Foto: JORGE BECERRIL

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, mikroavtobusning tormozi ishlamay qolgani sababli u katta tezlikda yo‘l chetida turgan yuk mashinasiga borib urilgan. 

YTH oqibatida voqea joyida 12 kishi, shifoxonada yana bir kishi halok bo‘lgan.

Foto: JORGE BECERRIL
Foto: JORGE BECERRIL
Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid