Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar Rossiya sharqida kuchli tabiiy ofatlar yuz berishi mumkinligidan ogohlantirdi
Foto: meteovesti.ru
38 yil davomida sun'iy yo‘ldosh kuzatuvlariga asoslangan amerikalik olimlar guruhi antropogen global isish Rossiya sharqida tabiiy ofatlarning muntazamligi va kuchayishiga olib kelishi mumkin, degan xulosani berdi. Ularning tadqiqotlari Science jurnalida e'lon qilingan.
Maqolaning mualliflari sanoat inqilobidan oldin va undan keyingi iqlimning holatini tasvirlaydigan bir nechta nazariy modellarni o‘rganishdi. Ular tabiiy sabablarga bog‘liq mavsumiy harorat o‘zgarishlarining obektiv asoslanganini aniqladi. Keyinchalik bu asoslar troposferada 1979 yildan 2016 yilgacha bo‘lgan davrdagi sun'iy yo‘ldosh o‘lchovlari bilan taqqoslandi va har yilgi minimal va maksimal harorat o‘rtasidagi farq o‘lchandi.
Ularning aniqlashicha, qish va yoz o‘rtasidagi eng katta farq Shimoliy yarim sharning o‘rta kengliklarida - Mo‘g‘uliston hududida va Rossiyaning sharqiy mintaqalarida kuzatilgan. Olimlarning fikriga ko‘ra, bunday keskin issiqlik tabiiy omillar bilan tushuntirilishi mumkin emas: yozgi va qishki haroratlar o‘rtasidagi farq issiq effekt ta'siri tufayli ortmoqda, u odamlarning faoliyatidan kelib chiqadi. Olimlar bunday vaziyat tabiiy ofatlarning muntazamligi va kuchini oshirishga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Mavzuga oid
09:28
Zelenskiy: Ukraina sulhni qo‘llab-quvvatlaydi
20:35 / 09.04.2026
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborish uchun asoslar soni ikki barobar oshiriladi
10:13 / 08.04.2026
Neft, gaz va o‘g‘it: Ho‘rmuz sabab RF daromadlari keskin oshishi mumkin
10:09 / 08.04.2026