Samsung Galaxy boshqacha nomlanishi mumkin
Samsung kompaniyasi yangi smartfonlari nomini o‘zgartirish strategiyasini o‘zgartirishga qaror qilgan ko‘rinadi. Kompaniyaning yangi smartfonlari Galaxy A3, A5 va A7 nomi ostida chiqqan, biroq joriy yilda kompaniya Galaxy A6 va A8’larni taqdim qilib, o‘z yondashuvini o‘zgartirdi.
Kompaniya Yevropaning intellektual mulk bo‘yicha idorasi EUIPO’ga Galaxy A10, A30, A50, A70 va A90 savdo markalariga ariza bergan. Smartfonlar nomlanishida bir xonali sonlar o‘rniga ikki raqamlisi qo‘llangan. Samsung yil davomida odatda Galaxy A’dan bittadan ko‘p chiqargani sababli, ulardan har qaysi biri o‘z raqamini oladi. Bu holda, kamtarroq ko‘rsatkichlarga ega model Galaxy A10 deb, bu qatordagi eng qimmati esa Galaxy A90 deb atalishi mumkin.
Biroq bugungi kunda kompaniya modellarini nomlash, aniqrog‘i raqamlash bo‘yicha yangi strategiyasi borasida rasman hech narsa demagan. Keyingi yilda Galaxy S10 chiqishi kutilayotgani sababli kompaniya smartfonlari nomlanishi birxillashtirilishi mantiqan to‘g‘ri hisoblanadi.
Bu esa kompaniyaning Galaxy S10’dan keyingi modellari Galaxy S11, S12, S13’dan ko‘ra, Galaxy S20, S30, S40 va shu kabi nomlanishi ehtimoli borligini anglatadi.
Mavzuga oid
18:44 / 17.12.2024
iPhone va Samsung foydalanuvchilarining aksariyati sun’iy intellektni foydali deb hisoblamaydi
18:56 / 25.11.2024
Janubiy Koreya prokuraturasi Samsung rahbari uchun 5 yil qamoq jazosi talab qilmoqda
11:28 / 10.11.2024
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
21:57 / 26.09.2024