Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shanxayda to‘fon sababli deyarli 200 ming kishi evakuatsiya qilindi
Foto: globallookpress
Xitoyning Shanxay shahri ma'muriyati Xitoyga yaqinlashib kelayotgan “Ampil” to‘foni sababli 192,7 ming kishini xavfsiz joylarga evakuatsiya qildi.
Joriy yilda Xitoyga yopirilayotgan 10-sonli to‘fon Shanxayga 22 iyul mahalliy vaqt bilan peshinga yaqin yopirilishi kutilmoqda. To‘fon sohilga yetib kelganda uning tezligi 90 km/soatga yetishi prognoz qilinmoqda.
Chjetszyan viloyatida ham 38 ming kishi boshqa joylarga ko‘chirilgan.
Sohilbo‘yi yaqinida bo‘lgan 28 mingdan ko‘proq kema, jumladan 22,9 mingta baliq ovlovchi qayiqlar sohilga qaytgan, yaqin ikki kun ichida dengizga chiqmaslik tavsiya qilingan. Qurilish maydonlari, sayyohlik obektlari, ko‘ngilochar bog‘lar, plyajlar, sohilbo‘yiga chiqish joylari yopib qo‘yilgan. 22 iyulga ochiq havoda o‘tkazilishi belgilangan yirik sport tadbirlari bekor qilingan.
Favqulodda xizmatlar qurbonlar va yirik talofat ko‘rilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun to‘liq tayyorgarlik holatiga keltirilgan.
Mavzuga oid
21:27 / 01.12.2025
Janubi-Sharqiy Osiyoda halokatli toshqinlar bo‘lmoqda – fotosuratlar
15:29 / 08.11.2025
«Kalmayegi» to‘foni Vetnamga yopirildi: halok bo‘lganlar bor
08:37 / 06.11.2025
Filippinda “Kalmayegi” to‘foni oqibatida halok bo‘lganlar soni ortmoqda
13:41 / 26.06.2025