7 noyabr kuni tongda mahalliy hokimiyat ma’lumot berişiça, Filippin tomonidan kelgan «Kalmayegi» töfoni Vetnamning markaziy viloyatlarida kamida beş kişining ölimiga, yana yetti kişining jarohat olişiga sabab böldi.
Töfon 6 noyabrdan 7 noyabrga ötar keçasi mamlakatning markaziy qismiga yopirilib, sel yomğirlari va kuçli şamolni keltirib çiqardi. Vietnam News gazetasi Vetnam qişloq xöjaligi va atrof-muhitni muhofaza qiliş vazirligi huzuridagi töğonlar boşqaruvi va favqulodda ofatlar oldini oliş departamentiga tayanib yozişiça, tabiat ofatining asosiy zarbasi toğli Daklak va Zyalay viloyatlariga töğri kelgan hamda barça talafotlari şu yerda qayd etilgan. Kuyangnay qirğoqböyi viloyatida uç kişi bedarak yöqolgan.
Kuçli şamollar tufayli 57 ta uy vayron böldi, deyarli 2800 ta inşoot turli darajada zarar kördi. Markaziy mintaqa böylab 1,6 mlndan ortiq aholi elektr ta’minotisiz qoldi. Bundan taşqari, kuçli tölqinlar sabab 11 ta baliqçi qayiği çökib ketgan. Bir neça yöllar buzilgan, köçkilar qayd etilgan.
Mahalliy hokimiyat zararni baholaş va tiklaş işlarini taşkil etmoqda. Qidiruv-qutqaruv işlariga 268 mingdan ortiq harbiy xizmatçi jalb etilgan.
Vetnam Milliy gidrometeorologik prognoz markazi ma’lum qilişiça, җuma (juma-şanba oraliği)da Txanxoa viloyatidan Kuangçi viloyatining şimoliy qismigaça bölgan hududda yoğingarçilik 200 mmgaça yetişi kutilgan.
Joriy yilda Janubiy Xitoy dengizi akvatoriyasiga kirgan 13-töfon hisoblanuvçi «Kalmayegi» Vetnamga Filippin tarafdan kelib kirdi. U yerdagi sönggi ma’lumotlarga köra, kamida 188 kişi halok bölgan, 96 kişi jarohat olgan, yana 135 kişi bedarak yöqolganlar sifatida qidirilmoqda.








