Bojxonachilarga - imtiyozli ipoteka va ijara kompensatsiyasi
Vazirlar Mahkamasining 18.07.2018 yildagi 553-son qarorida tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar nazarda tutilgan.
Ma'lumot uchun: ipoteka kreditlari yakka tartibdagi uy-joy yoki ko‘p kvartirali uyda kvartira sotib olish uchun tijorat banklari tomonidan, buyurtmanoma berilgan kundagi EKIHning 2 000 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda, 10 yil muddatga, ipoteka krediti berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kunda amalda bo‘lgan MBning qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida beriladi. Kredit miqdori sotib olinadigan uy-joy qiymatining 75%idan oshmaydi, xodim 25% miqdoridagi o‘z mablag‘idan dastlabki badalni to‘lashi kerak.
Uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi amaldagi sarf-xarajatlar doirasida (kommunal xizmatlar haqi bundan mustasno), lekin:
• Toshkent shahrida – EKIHning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
• Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida – EKIHning 3 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
• boshqa shaharlar va tumanlar markazlarida – EKIHning 2 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi.
Norma’ning yozishicha, davlat bojxona xizmati xodimi dastlabki badalni DBQning Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi (Maxsus jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan olishi mumkin. Buning uchun u ish joyi bo‘yicha hududiy komissiyaga (DBQ markaziy apparati xodimi – DBQ komissiyasiga) qarz berish to‘g‘risida ariza berishi va unga quyidagilarni ilova qilishi lozim:
• xodimning va u bilan birga yashaydigan oila a'zolarining daromadlari to‘g‘risida oxirgi 12 oy uchun doimiy yashash joyidan berilgan ma'lumotnomalar yoki ularning xuddi shu davr uchun daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarning yashash joyidagi soliq idorasi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
• oilasi tarkibi to‘g‘risida yashash joyidan berilgan ma'lumotnoma va o‘z pasporti nusxasi;
• lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi tegishli buyruqning nusxasi.
Hujjatlarni hududiy komissiya 10 kun muddatda, DBQ komissiyasi bir hafta muddatda ko‘rib chiqadi. Yakuniy ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda ariza beruvchi bilan garov ta'minoti yoki kafillik hujjati taqdim etilgan holda foizsiz va qaytarish asosida qarz shartnomasi tuziladi. Qarzni qaytarishning cheklangan muddati – 10 yil. Qarzni ish haqi, pensiya, gonorarlar, dividendlar, foizlar va boshqa daromadlar, sh.j. qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olinadigan daromadlar hisobiga yoxud bank omonatlaridan pul o‘tkazib qaytarish mumkin.
Faqat 3 ta holatda mablag‘ ajratishni rad etishlari mumkin:
• zarur tarzda rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilishi;
• hujjatlarda ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma'lumotlar mavjudligi;
• Maxsus jamg‘arma mablag‘lari yetishmasligi.
Kompensatsiya olish uchun
Pul kompensatsiyasini olish uchun vaqtincha yashash joyini va uy-joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun kommunal xizmatlar qiymatisiz amaldagi xarajatlar summasini ko‘rsatgan holda ariza berish lozim. Unga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
• lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi buyruqning nusxasi;
• nikoh to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
• qonun hujjatlariga muvofiq oila a'zolari deb e'tirof etilgan boshqa shaxslar hujjatlarining nusxasi;
• uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) shartnomasining nusxasi.
Taqdim etilgan hujjatlar asosida miqdorini ko‘rsatgan holda pul kompensatsiyasi tayinlash to‘g‘risida buyruq chiqariladi. Bunda ijaraga olingan uy-joyda yashashi va yashash joyini o‘zgartirishi doimiy nazorat ostida bo‘ladi.
Pul kompensatsiyasi to‘lash tayinlangan joyga kelgandan (saylangandan) keyin uy-joy ijaraga olingan (ijarada turgan) kundan boshlab uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Xodimga bola 2 yoshga to‘lgungacha uni parvarish qilish uchun ta'til berilgan taqdirda, pul kompensatsiyasi ta'tilning butun davriga, biroq xodim ushbu uy-joyda yashashi sharti bilan beriladi.
Xodimga xizmat uy-joy maydoni berilgan taqdirda yoki u uy-joy sotib olganda, uning vakolatlari to‘xtatilganda va tugaganda pul kompensatsiyasi to‘lash to‘xtatiladi. Dastlabki 2 holatda xodim buxgalteriyaga pul kompensatsiyasi to‘lashni to‘xtatish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Hujjat 19.07.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
17:40 / 14.11.2024
Buxoro amirligi davriga tegishli qadimiy tangalarni olib chiqib ketishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi
23:41 / 13.11.2024
O‘zbekistonga 245 mln so‘mlik qo‘l soatlar va zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishga uringan shaxslar to‘xtatildi
17:56 / 06.11.2024
Tezkor qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari bojdan ozod qilindi
12:37 / 05.11.2024