Jahon | 21:15 / 23.07.2018
5547
2 daqiqa o‘qiladi

Ekvadorda dunyodagi eng katta gul kompozitsiyasi yaratildi

Foto: AP

Ekvador shimolidagi Pichincha viloyatida atirgullardan dunyodagi eng katta shud kompozitsiyasi yaratildi. Mahalliy El Telegrafo nashrining ma'lum qilishicha, kompozitsiya turli rangdagi 900 mingta atirguldan tuzilib, Ginness rekordlar kitobiga kiritildi.

Kompozitsiyaning asosiy qismi qizil, oq va sariq rangdagi 546364 ta atirguldan iborat “gilam” bo‘lib, u qiya sirt bo‘ylab “to‘shalgan” va zinapoyali ehrom bilan tugaydi. Ekvadorning 150 ga yaqin floristik kompaniyasi kompozitsiyani yaratish uchun o‘z mahsulotini taqdim qilgan. Natijada kompozitsiya maydoni 1090 kvadrat metrni, og‘irligi 16 tonnani tashkil qilgan. Kompozitsiyani yaratish ustida 1,5 mingdan ko‘proq odam kuniga 16 soatdan 20 kun mehnat qilgan.

Avvalgi shunday rekord Germaniyaga tegishli bo‘lgan. U yerda gullardan tuzilgan “gilam”ni yaratishda 120 mingta atirguldan foydalanilgan.

Gullar yetishtirish va sotish Ekvadorning asosiy daromad manbalaridan biri hisoblanadi. Mamlakatning markaziy banki ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda gul eksporti hajmi 881,5 mln dollarni tashkil qilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid