Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda bir kun ichida to‘rtinchi zilzila yuz berdi
Foto: AFP
23 iyulda Eronning Kirman viloyatida 5,8 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda Eron seysmologiya markaziga iqtibos keltirgan holda ISNA axborot agentligi ma'lum qildi.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, viloyatdagi ilk yer silkinishlar mahalliy vaqt bilan soat 01.09da qayd qilingan. Zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda bo‘lgan.
Ayni vaqtda talofatlar va jabrlanganlar haqida ma'lumot yo‘q.
Bundan avval Eronda bir kun ichida 3 ta zilzila qayd qilingandi. Ulardan eng kuchlisi Kirmanshoh viloyatida qayd qilingan 5,9 magnitudali zilzila bo‘lgan. Uning kuchi deyarli butun mamlakat bo‘ylab sezilgan. Oqibatda viloyatda yashovchi 287 kishi turli jarohatlar olgan, 101 ta bino butkul vayron bo‘lgan, 850 ta binoga shikast yetgan.
Mavzuga oid
22:46 / 27.05.2026
Tramp Eron bilan muzokaralardan norozi va zarbalarning qayta boshlanishiga ishora qildi
10:25 / 27.05.2026
AQSh kelishmoqchi, Eron o‘ylanyapti, Isroil asabiylashmoqda
21:15 / 26.05.2026
Eronda internet qisman tiklandi
10:06 / 26.05.2026