AQŞ–Eron kelişuvi fonida Isroildagi ayrim siyosatçilar memorandum bandlarining Tel-Avivga taqdim etilmaganidan norozilik bildirdi. Bu holat ittifoqçilar örtasidagi sovuqlik alomatlarini yuzaga çiqardi. Tahlilçilarga köra, Isroilning muzokaralardan çetlatilgani sulhning mustahkamligini söroq ostida qoldiradi.

Mavzu borasida Kun.uz studiyasida siyosiy tahlilçilar Kamoliddin Rabbimov va Umrbek Yusupov söz yuritdi.

— Kelişuv doirasida Isroilga Livan masalasida majburiyat yuklangan bölsa, AQŞ nega memorandumni Isroilga oçiqlamadi?

Kamoliddin Rabbimov: Bu aslida mantiqan tuşunarli holat. Sababi, Isroil hozirgi kelişuvdan keskin norozi. Matbuotdagi çiqişlardan ayrim doiralarda “öz odamlarimiz bizga xiyonat qildi” degan kayfiyatni köriş mumkin. Ya’ni AQŞ ma’muriyatidagi etnik yahudiylar tegişli ma’lumotlarni Isroil bilan baham körmagani uçun tanqid qilinyapti.

Donald Tramp Eron masalasida imkon qadar keskin siyosat yuritişga harakat qildi. Biroq Isroil xohlagan darajadagi keng kölamli uruşga boriş AQŞ uçun real emas. Çunki Amerika içki tizimi institutlar, saylovlar, jamoatçilik fikri bunday qarorlarni çeklab turadi. Demokratiya hali ham işlayapti va har qanday prezident, jumladan Tramp ham bu omillarni e’tiborsiz qoldira olmaydi. Şu sababli AQŞ ma’lum nuqtaga qadar bosim ötkazib, keyin ortga çekindi, “qölimizdan kelganini qildik” degan pozitsiya kuzatilmoqda.

Isroil esa bu jarayonda köproq veto qöyişni yoki keskin ssenariy – katta uruşni afzal körmoqda. Isroil matbuotida “endi umidimiz keyingi AQŞ prezidentidan” degan fikrlarni uçratiş mumkin. Trampdan keyin kim prezident bölişi esa katta savol. Agar demokratlar hokimiyatga kelsa, Isroil uçun vaziyat murakkablaşişi mumkin. Çunki ular an’anaviy tarzda Isroildan biroz masofa saqlaşga harakat qiladi. Buni tarix ham körsatgan. Masalan, 2015 yilda Barak Obama davrida Eron bilan kelişuv arafasida Binyamin Netanyahu AQŞ Kongressida çiqiş qilib, bu bitimni imzolamaslikka çaqirgan edi. Uni respublikaçilar taklif qilgan, demokratlarning bir qismi esa bunga norozilik bildirib zalni tark etgan.

Obama esa öşa paytda kengroq geosiyosiy strategiyani ilgari surgan: Eron bilan murosaga keliş, boşqa mintaqaviy masalalarni yumşatiş va asosiy e’tiborni Xitoyga qaratiş. Bu yondaşuv Isroil manfaatlari bilan töliq mos kelmagan.