Jamiyat | 09:13 / 23.07.2018
7685
2 daqiqa o‘qiladi

Navbatdagi tezkor tadbir: rangli metallarning noqonuniy saqlanishi va aylanmasiga chek qo‘yildi

Illyustrativ foto

2018 yilning 19 iyul kuni Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va BQBga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari, viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda viloyat hududida noqonuniy rangli metall qabul qilish shahobchalarini aniqlash maqsadida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida, Jizzax shahri “Bunyodkor” mahallasida yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi A.Yo.ning xonadoni va yordamchi xo‘jaliklari tadbir ishtirokchilari tomonidan ko‘zdan kechirilganda, ushbu fuqaro tomonidan o‘z xonadonidan “Yama” sifatida foydalanib, hech qanday hujjatlarsiz umumiy qiymati 1 mln. 588 ming so‘mlik, jami 532 kg (1 mln. 239 ming so‘mlik 327 kg “Alyuminiy”, 184 ming so‘mlik 92 kg “Svinets”, 164 ming so‘mlik 113 kg “Tsink”) rangli metall parchalarini saqlab kelayotganligi aniqlandi.

Shuningdek, joriy yilning 20 iyul kuni yuqoridagi kabi o‘tkazilgan tadbir davomida Jizzax viloyati Jizzax shahri hududida “Jizzax-Samarqand” yo‘nalishida harakatlanayotgan haydovchi A.D. boshqaruvidagi “Gazel” rusumli avtoulov to‘xtatilgan va Jizzax viloyati bojxona boshqarmasiga olib kelinib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda avtoulov yukxonasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi P.F.ga tegishli umumiy qiymati 4 mln. 638 ming so‘mlik, jami og‘irligi 1 111 kg (655 kg alyuminiy, 153 kg latun, 11 kg mis, 292 kg boshqa mis parchalari) bo‘lgan rangli metall parchalari mavjudligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid