Jahon | 10:28 / 24.07.2018
5523
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Rossiya bilan harbiy hamkorlikka qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi

Foto: AP/ Shakh Aivazov

AQSh kongressi Qo‘shma Shtatlar va Rossiyaning Mudofaa vazirligi darajasidagi hamkorligiga qo‘yilgan taqiqni uzaytirish niyatida. Bundan senat hamda vakillar palatasining qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitalari tomonidan tayyorlangan hisobotlar darak beryapti.

Qonun loyihasi matnida ta'kidlanishicha, Amerika tomoni Rossiya bilan harbiy hamkorlikdan, unga «qarshilik ko‘rsatish» maqsadida voz kechishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, hujjatda «Rossiya qurolidan foydalanishni Amerikanikiga o‘tkazish uchun strategik sheriklar va ittifoqchilar moslashuvchanligini ta'minlash» lozimligi qayd etiladi. Bundan tashqari, Amerika tomoni Ukrainaga qurol yetkazib berish uchun 250 mln dollar taqdim etish niyatida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid