O‘zbekiston | 18:56 / 24.07.2018
12773
1 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokuratura ishga qabul qilish bo‘yicha korrupsiya holatlari yuzasidan 128ta jinoyatni fosh etdi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti ma'lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida turli tashkilot va idoralarga ishga qabul qilish jarayonlaridagi korrupsiya holatlari yuzasidan 128ta jinoyat fosh etilgan. Bu haqda mahkama tomonidan e'lon qilingan videorolikda aytiladi.

Shulardan, tibbiyotda - 47ta, huquqni muhofaza qilish - 27, ishlab chiqarish tarmoqlarida - 24, ta'limda - 17ta, boshqa sohalarda - 5ta va chet elga ishlash uchun yuborish bilan bog‘liq 8ta jinoyatlarni tashkil etgan.

Hududlar kesimida olinadigan bo‘lsa, Andijon, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida - 17tadan shunday holatlar qayd etilgan. Keyin Buxoro viloyati (14), Navoiy viloyati (13) va Toshkent shahri (12) bormoqda.

Masalan, Andijon viloyatida fuqaro ikki kishini IIV organlari va Majburiy ijro byurosiga 4 ming dollar evaziga ishga kiritib qo‘yishni va'da qilgan, biroq pullarni olish vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi.

Mavzuga oid