O‘zbekiston | 19:20 / 24.07.2018
24627
1 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokuraturaning uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi

O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Ulug‘bek Anvarovich Anvarov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar bermoqda.

U.Anvarov 1973 yilda tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, huquqshunos. 1996 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Anvarov Ulug‘bek Anvarovich 

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1999 yilda Yakkasaroy tuman prokuraturasida boshlab, Toshkent shahar prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2009 yildan boshlab, Bosh prokuratura boshqarma katta tergovchisi, Chilonzor tuman prokurori, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Avval Bosh prokuraturaning uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Mavzuga oid