Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron AQShga javob choralari qo‘llashga tayyorligini eslatdi
Eron TIV vakili Bahrom Qosimiyning ma'lum qilishicha, Eron AQSh mamlakatdan neft eksportini bloklab qo‘ysa, javob choralarini ko‘radi. Bu haqda IRNA agentligi xabar qilmoqda.
«Agarda AQSh bu yo‘nalishda jiddiy harakatlarni amalga oshirmoqchi bo‘lsa, unda Eronning qat'iy qarshiligi bilan to‘qnash keladi», - deya aytib o‘tdi Qosimiy.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Vashington Eron neftini import qiluvchi davlatlar bilan ishlashda davom etayotganini aytgandi. Qayd etilishicha, bu ularni xomashyo xarididan voz kechishga ko‘ndirish maqsadida qilinyapti.
Mavzuga oid
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
14:15 / 18.06.2026
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
13:35 / 18.06.2026