Qatardagi JCh-2022 obektlari qurilishida halok bo‘lganlar soni 4 mingdan oshdi
Kasaba Uyushmalari Xalqaro Konfederatsiyasi JCh-2022 munosabati bilan Qatarda olib borilayotgan qurilish ishlarida o‘lim darajasining favqulodda yuqoriligi haqida xabar tarqatdi. Qayd etilishicha, qurilish maydonlarida har hafta o‘rtacha 12 kishi halok bo‘lmoqda. Ularning aksariyatini immigrantlar tashkil etadi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, qurilish ishlariga jalb etilgan xorijlik fuqarolarning umumiy soni 1,2 million kishidan oshib ketgan. Qolaversa, mahalliy hukumat yana 1 millionga yaqin mehnat muhojirini mamlakatga olib kirishni rejalashtirmoqda.
Xabar qilinishicha, o‘lim holatlari baxtsiz hodisalar tufayli emas, asosan o‘ta ayanchli mehnat sharoitlari sabab yuz bermoqda. Ishlash va yashash uchun deyarli hech qanday shart-sharoit bo‘lmagani holda ishchilar 50 gradus issiqda ham mehnat qilishga majbur bo‘lishmoqda. Ish beruvchilar o‘ta tartibsiz boshqaruvni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, ularning qo‘l ostidagilarga tahdid qilishi, oylik maoshlarini to‘lamasligi, pasportini olib qo‘yib qaytarib bermasligi kabi hollar tez-tez kuzatilib turibdi. Shu boisdan ushbu masalalarda yollanma ishchilardan konsulliklarga bo‘layotgan murojaat soni ko‘paygan.
Xususan, Hindistonning Qatardagi elchisi 2018 yilning dastlabki 6 oyi davomida 82 nafar hind muhojiri halok bo‘lgani, 1460 nafar ishchidan mehnat sharoitlarining talabga javob bermasligi yuzasidan murojaatlar kelib tushganini ma'lum qilgan.
Ma'lumotlarga qaraganda, 70 nafar nepallik muhojirlar o‘z konsullik idoralaridan boshpana topishga muvaffaq bo‘lgan, so‘ng uylariga qaytishgan. Bu ishchilarning hujjatlarini olib qo‘yishgani, ish haqlarini to‘lashmagani va ularga tahdid qilishgani aytilmoqda.
Taqqoslash uchun aytish mumkinki, Sochidagi Olimpiada obektlarini qurish chog‘ida 60 nafar ishchi halok bo‘lgandi. JCh-2010ga tayyorgarlik vaqtida 2 nafar, JCh-2014 oldidan olib borilgan qurilishlarda esa 10 nafar inson vafot etgan. Qatardagi mundialga ko‘rilayotgan hozirlik esa allaqachon 4 mingdan ortiq insonni hayotdan olib ketdi.
Mavzuga oid
21:50 / 26.04.2023
“Otamiz borligini his qilmay ulg‘ayyapmiz” - migrantlarning bolalari
22:09 / 26.02.2023
Italiya janubida migrantlar kemasi cho‘kib ketdi. Kamida 58 kishi halok bo‘lgan
19:07 / 20.12.2022
JCh-2022 ramziy jamoasi. Mbappe, Martines, Amrabat va turnirning boshqa qahramonlari
16:15 / 20.12.2022