Jamiyat | 08:23 / 01.09.2025
1713
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada og‘ir vaziyatga tushib qolgan uch o‘zbekistonlik olib kelindi

"Vatanga qaytarish" xayriya aksiyasi: Rossiyaning Novosibirsk shahrida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan uch nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi.

Foto: "Dunyo" AA

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligining Novosibirsk shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan uch nafar fuqaro oilasi bag‘riga qaytarildi.

Bosh konsulxona va Migratsiya agentligi vakolatxonasi tomonidan yurtdoshlarga aviachipta sotib olib berildi.

Vatandoshlar Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasining Novosibirsk–Farg‘ona aviareysi bilan O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid